O'zbekistonda yashayotgan, Yaponiyada ishlashni istaganlar uchun
Yaponiyada qurilish ishlarida ishlaylik!

JAC O'zbekistondagi seminar haqida ma'lumot

Ishtirokchilarga tushlik va esdalik sovg'alari taqdim etiladi

Qurilish sohasi uchun Maxsus Malaka 1-daraja imtihoni

O'zbekistonda o'tkaziladi

Imtihon tafsilotlari va ro'yxatdan o'tish Prometric veb-saytida amalga oshiriladi

Video orqali ko'rish
Yaponiyaning qurilish sohasidagi ishlar

  • [Inshootlar] sohasidagi ishlar

  • [Arxitektura] sohasidagi ishlar

  • [Kommunikatsiya va uskunalar] sohasidagi ishlar

JAC haqida

JAC — bu Yaponiyada qurilish sohasida ishlayotgan maxsus malakaga ega chet ellik ishchilarning adolatli ish haqi va munosib mehnat sharoitlariga ega bo'lishlarini ta'minlash maqsadida qurilish sohasi bilan shug'ullanuvchi tashkilotlar va kompaniyalar tomonidan tashkil etilgan birlashmadir.

Qurilish sohasida maxsus malakali ishchilarni yollamoqchi bo'lgan har qanday kompaniya JAC a'zosi bo'lishi shart. JAC belgilangan qoidalarga rioya qilmaydigan kompaniyalarga ogohlantirish va ko'rsatma beradi. Agar kompaniya bularni bajarmasa, u holda u maxsus malakali ishchilarni yollash huquqidan mahrum bo'ladi. Yaponiyada bunday maxsus malakali chet ellik ishchilarga to'g'ridan-to'g'ri yordam beradigan yagona tashkilot bu — JAC.

JAC Yaponiyada ishlash, yashash va qurilish sohasidagi ko'nikmalarni egallashni xohlagan maxsus malakali chet ellik ishchilarni qo'llab-quvvatlaydi!

Tashkilot nomi
Japan Association for Construction Human Resources (JAC)
Manzil
〒105-8444, Yaponiya, Tokio shahri, Minato tumani, Toranomon 3-5-1, Toranomon 37 Mori binosi, 9-qavat
Bosh direktor
Kenji Minowa
Tashkil topgan sana
2019-yil 1-aprel